Akademiyamizda ovqatlanish o'quv va maktab mashg'ulotlari kabi akademik hayotning ajralmas qismidir.
O'quvchilarimiz to'liq va mazali ovqatlanishlari uchun bizda barcha sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, yosh sportchilarning ovqatlanishiga alohida talablar qo'yiladi, chunki u nafaqat mazali va foydali, balki o'sib borayotgan futbolchilarning parheziga tibbiy talablarni hisobga olgan holda muvozanatli bo'lishi kerak. Bizning yuqori malakali oshpazlarimiz va oziq-ovqat ta'minotchilarimiz bolalarlar o'zlarini yaxshi his qilishlari va yaxshi o'ynashlariga yordam beradigan, muvozanatlangan ovqatlarni istemol qilishlari uchun doim qayg’urishadi
Oshxonada pishirish jarayonini yanada qulay, xavfsiz va gigienik bo’lishi uchun zamonaviy texnologik uskunalar mavjud.
Bizning ovqatlanish xizmatimiz ovqatlanish bo'yicha mutaxassislarning talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan menyuga muvofiq o'quvchilar va xodimlarning ovqatlanish sifatini rivojlantirish va yaxshilashni diqqat bilan kuzatib boradi. Oziq-ovqat xizmati jamoasi alohida ehtiyotkorlik bilan tanlangan. Barcha oshxona xodimlari tegishli oshxona tayyorgarligi va katta tajribaga ega.
Kuniga besh marta muvozanatli ovqatlanish, yetkazib beriladigan oziq-ovqat sifati, menyu tanlashda zamonaviy yondashuv tufayli Akademiya oziq-ovqat standartining yuqori sifatini samarali qo'llab-quvvatlaydi. O'quvchilarimizning yoshi va sport yukining xususiyatlarini hisobga olgan holda ovqatlarning kaloriyasiga katta e'tibor beriladi.
Ratsionda har doim yangi meva va sabzavotlar mavjud. Akademiyada ichimlik rejimini tashkil etish masalasi juda muhim deb hisoblanadi. Issiq va sovuq ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun har doim barcha binolarda bolalar uchun kulerlar mavjud.
Ovqatlanish oddiy ovshxonada emas, balki shinam ovqatlanish zalida, chiroyli bezatilgan, konditsioner tizimi bilan, yoqimli musiqa hamrohligida ularni xushmuomala , g'amxo'r ofitsiantlar, mazali taomlar bilan kutib olgan muhitda o’tadi. Bizning oshpazlarimiz o'quvchilarimizni o'zlari tayyorlagan pishiriqlar va har xil "shirinliklar"bilan erkalashni yaxshi ko'radilar.
Agar kimnidir ishtahasi ochilib ketib qo'shimcha ovqat so'rasa, u albatta uni oladi.
Ovqatlanish nazorati Akademiya rahbariyatining katta nazorati ostida. Har kuni Akademiya va maktab rahbarlaridan mas'ul navbatchi oziq-ovqat sifatini nazorat qiladi, shifokorlar uni sinchkovlik bilan tekshiradilar va tegishli xulosa chiqaradilar. Eng muhimi — o'quvchilardan tortib Akademiya direktorigacha hamma birgalikda bitta qozondan ovqatlanishadi.