2022 yil 12-avgust
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SH. M. MIRZIYOYEV FUTBOL AKADEMIYASIGA TASHRIFI
2022 yil 12 avgust kuni ta'lim muassasamiz uchun muhim voqea bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bekobodga tashrifi chog'ida "Metallurg" futbol klubi qoshidagi "El Golazo"futbol akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari akademiyada yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi, bolalar bilan suhbatlashdi.
"Siz qanday zamonaviy sharoitda shug'ullnayotganingizni, ko'zlaringiz qanday yonayotganini ko'rishdan mamnunman", dedi Prezident. — Ishonamanki, kelajakda sizdan taniqli futbolchilar, Chempionlar chiqadi. Eng muhimi, siz sog'lom bo'lib o'sasiz, farzandlaringizni sport bilan tanishtirasiz. Yoshlar orasida bunday intilishni yaratish bizning maqsadimiz.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ushbu futbol maktabi tajribasini ommalashtirishni buyurdi.