«ZAMONAVIY MAKTAB»

«СОВРЕМЕННАЯ ШКОЛА»

«ZAMONAVIY MAKTAB» — bu davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'rta maktab ta'lim xizmatlarini ko'rsatadigan xususiy ta'lim muassasasi. Maktab asoschisi "Tomiris school"MCHJ hisoblanadi. "O' zbekiston metallurgiya kombinati"AJ tomonidan maktabga homiylik yordami ko' rsatiladi.

Maktab futbol Akademiyasi bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi va uning hududida joylashgan. U yosh sportchilarga o'z qadriyatlarini rivojlantirishga yordam berishga qaratilgan tartibli va tizimli dasturni amalga oshiradi, zamonaviy o'rta ta'lim olish bilan birgalikda futbol o'ynashni o'rgatadi.


академия футбола

Maktab o'quvchilarga maktab ta'limini o'quvchilarimizning sport faoliyati bilan birlashtirish bo'yicha noyob xalqaro tajribani taklif etadi. Bizning o'quv dasturimiz, boshqa narsalar qatori, eng yaxshi futbol akademiyalari, xususan, "Real Madrid"klubining futbol Akademiyasi bilan hamkorlik qiladigan Evropaning eng yirik o'quv yurtlarida ko'p yillik sinovdan o'tgan o'quv metodologiyasiga asoslangan.

Ta'lim davlat davlat ta'lim dasturi bo'yicha 5 sinfdan 11 sinfgacha amalga oshiriladi.

Maktabda sifatli va samarali o'qishi o'quvchilarning to'liq dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bolalar zamonaviy maktab kompusida o'qiydilar. O'quv xonalari qulay o'qish uchun barcha zarur jihozlar bilan jihozlangan: qulay bir kishilik stollar, konditsionerlar, marker taxtalari, kompyuterlar, aqlli televizorlar, laboratoriya uskunalari va boshqalar.


академия футбола
Maktabimizning afzalliklari

Kunduzgi besh kunlik ta'lim shakli, o'quvchilarning ta'lim vaqtini va bo'sh vaqtlarini oqilona tashkil etishga imkon beradi.

Sinflarni rasional bandligi — 15 kishidan oshmaydi. Sinfdagi bolalar sonini kamligi , har bir bola bilan individual ishlash imkoniyati natijasida akademik rivojlanishga olib keladi.

Turli fanlardan o’quvchilarning bilim va ko'nikmalarini birlashtiribgina qolmay, balki o'qitishning amaliy yo'nalishini kuchaytirishda, maktab fanlari va sport tayyorgarligi o'rtasidagi o'zaro aloqalarni rivojlantirishda, sportchilarning maktab bilimlariga bo'lgan qiziqishini oshirishda, ularning ijodiy faoliyatini rag'batlantirishda namoyon bo'ladigan integratsiyalangan ta'lim yondashuvidan foydalaniladi.

Oddiy maktablarga qaraganda o’quvchilarning kamligi, ularni yaxshiroq nazorat va monitoring qilish, bezorilik hollarini kamaytirish imkonini beradi.

Maktabimiz uzoq qishloqlarda, rayonlarda yoki zarur infratuzilmaga ega bo'lmagan kichik shaharlarda yashovchi bolalar uchun sifatli ta'lim olish ,shu bilan birga sevimli turdagi sport turi bilan shug'ullanish imkonini beradi. Bolaning odatlangan yashash joyini o'zgartirmaslik shu bilan birga bolaning qobiliyatini yo’qotmaslik uchun ota-onalar bizning maktabimizni tanlashlari mumkin.

Fidoiy va yuqori malakali o’qituvchilar doimiy ravishda eng yangi metodikalar asosida dars beradilar. O’qitish zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qurilgan, o’zlashtirish pastligini oldini olish tizimi joriy etilmoqda.

Maktab o'quvchilarining darsdan tashqari faoliyati va keng qamrovli bo'sh vaqtlarini , o'yin texnologiyalarini rivojlantirish, intellektual o'yinlarni o'tkazish tashkil etilgan. Har xil sport turlari bo'yicha sport o'yinlari va turnirlarni o'tkazish — barkamol jismoniy taraqqiyotga katta e'tibor qaratilmoqda.


академия футбола
"Zamonaviy maktab" muvaffaqiyatining tarkibiy qismlari

Bizning maktab — baxtli bolalar o'sadigan do'stona oila. Asosiy maqsad-psixologik jihatdan sog'lom, ijodiy va o'ziga ishongan yuksak yutuqlarga erishishga yo'naltirilgan ta'limga qiziqqan bolalarni tarbiyalashdir. Maktabimizda bolalar zavq bilan o'rganadilar, o'quv jarayoni har bir bolaning o'ziga xos xususiyatlarini maksimal darajada hisobga olgan holda quriladi. Maktab darslariga, tanlovlarga, olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rishga, darsdan tashqari tadbirlar va individual darslardan keng foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Maktabda o’quvchilarga psixologik va tibbiy yordam doimo mavjud. Biz o'quvchilarimizga kelajakda muvaffaqiyatli bo'lishiga yordam beramiz!


Maktab o'qituvchilari — professional pedagoglar jamoasi! Bizda faqat ko’p yillik tajribaga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi. Bir g’oya asosida birlashgan professional pedagoglar jamoasining maqsadi shuki, o’quvchilarning ichki salohiyatini ochishga yordam berish bilan birga, dars jarayonida o’zlarining bevosita ishtirokchi sifatida his qilishlarini ta’minlash. O'qituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda insonparvarlik ruhida yondashuv asosida ta'lim muhitini yaratadilar.


Maktab ko'p tilli ta'limni amalga oshiradi. Maktabda o'zbek va rus tillarini o'rganish bilan birga, dunyodagi eng mashhur ikki til— ispan va ingliz tillarini puxta o'rganish yo’lga qo’yilgan. Maktabimizda xorijiy tillarni o'qitish oliy ma'lumotli va katta ish tajribasiga ega bo'lgan yuqori malakali o'qituvchilar tomonidan olib boriladi. O’qitish jarayonida hayot va sport sharoitlarida tildan foydalanishga qaratilgan kommunikativ usullarga urg’u beriladi. Biz grammatik qoidalarni, so'z birikmalarini va fonetikani yodlashga emas, balki madaniyatni tushunishga va bizdan madaniy jihatdan farq qiladigan insonlarga do'stona munosabatda bo'lishga olib keladigan psixologik jihatdan qulay muhitda mazmunli, qiziqarli mashg’ulotlarni taklif etamiz. Dasturga parallel ravishda, til egalari bilan mashg'ulotlar olib boriladi, bu esa til to'siqlarini bartaraf etish va talaffuzni to’g’irlashga yordam beradi .


«ZAMONAVIY MAKTAB» — bolaning ta'lim, sport va darsdan tashqari sohalarini birlashtirishga imkon beradi. Bu yerda to’garak mashg'ulotlarida bolaning shaxsiy ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Maktabda turli fanlarda fakultativ mashg'ulotlar o'tkaziladi.