KO’RIK TANLOV-2024

O’tkazilish sanalari: 2024 yil, 4-7 iyun kunlari

Vaqti: 09:00-dan -11:30-gacha

O’tkazilish joyi: Bekobod shahar, “Sport City” stadioni

“Metallurg” PFK qoshidagi Bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi 2013-yilda tug‘ilgan futbolchilarni oqishga qabul qilishni e’lon qiladi.

Farzandingiz futbol o’ynasa va professional martaba orzu qilsa, unga eng yaxshi sovg'a futbolni bizning Akademiymizda o'rganish bo'ladi.

Farzandlaringiz Real Madrid fondining yuqori malakali ispan mutaxassislari rahbarligida futbol mashg'ulotlaridan tashqari, ingliz va ispan tillarini Zamonaviy maktabda o’rganadi.


Ko'rik tanlov qoidalari:

1. Futbol akademiyasiga sportchilarni tanlash va saralash jarayoni futbolga iqtidorli bo’lgan yigitlarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi.

2. Tanlovda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan futbol o‘ynashga loyiq va sog’lom yigitlar ishtirok etishi mumkin.

3. 2013 yilda tug'ilgan sportchilar ko’rik tanlovga taklif qilinadi.

4. Ko’rik tanlov mahalliy trenerlar tomonidan ispaniyalik mutaxassislar nazorati ostida o‘tkaziladi.

5. Ko'rik tanlov turli xil sinov usullari asosida o’tkaziladi.

6. Har bir ko'rik tanlov kunidan so'ng, muvaffaqiyatli o'yinchilar tanlovdan muvaffaqiyatli o'tganliklari haqida bildirishnoma oladilar. Ko'rikdan o'tmagan o'yinchilar bu haqda maxsus bildirishnoma olmaydilar.

7. Akademiyaga tanlovga kelgan futbolchilar o'zlari bilan sport formasi; tug'ilganlik haqidagi guvohnoma; shifokorning futbol o'ynashga loyiq bo’lgani tasdiqlovchi ma'lumotnomasi.

8. Futbolchining ko’rik davomida olgan jarohatlari uchun Akademiya javobgar emas.



Stadion lokatsiyasi: